Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARINDOSHGA QUDA BO’LMANG!!!
2021-04-20 16:53:48 209
Respublikamiz aholisi salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatayotgan irsiy omillardan biri qon qarindoshlar o’rtasidagi nikohdir. Yurtimizdagi nikohlarning 20 foizi qon-qarindoshlar o’rtasidagi nikohga to’g’ri keladi. Nosog’lom farzand tug’ilish xavfi qon-qarindoshchilik qanchalik yaqin bo’lsa shunchalik yuqori bo’ladi. Dono xalqimiz qarindoshlik yetti avlodga borib begonalashadi deydi.
Irsiyat ota-onaning o’ziga xos belgilarini navbatdagi avlodga berish xususiyatidir.
Inson salomatligi ko’p jihatdan uning genotipi bilan belgilanadi. Genotip deganda inson organizmidagi bir-biri bilan o’zaro murakkab munosabatda bo’lgan genlarning yig’indisiga aytiladi.
Qarindoshlar o’rtasidagi nikohlarda ota-ona sog’lom bo’lib ko’rinishi mumkin, biroq ularning farzandlari tug’ma irsiy kasallik bilan tug’ilish xavfi yuqori bo’ladi
Sha'riyat qonunlariga ko’ra qon-qarindoshlar o’rtasidagi nikoh ta'qiqlanganiga qaramay ko’pchilik aholi o’rtasida bu xolat davom etib kelmoqda.
Chaqaloqlarning kasallik bilan tug’ilayotgani, bolalarning o’lik tug’ilayotgani, ayollar va erkakarning bepushtligi , 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasidagi o’limning bir qismi irsiy omillar bilan bog’liq.
Orziqib kutilgan farzandning tug’ma nuqson bilan dunyoga kelishi ota-ona uchun katta fojiadir.
Oilalarda irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalar tug’ilishi ehtimolini baholash irsiy kasalliklarni homiladorlik davrida tashhislash qon-qarindoshlar o’rtasidagi nikohlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida respublikamiz bo’ylab skrining markazlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Oilada farzandning dunyoga kelishini ota-ona intizorlik bilan kutadi, xonadonda chaqaloq ovozining yangrashi ota-onani cheksiz baxtiyor qiladi.
Farzandlaringiz kelajagini o’ylab ularning sog’-salomat barkamol bo’lib voyaga yetishini istasangiz qarindosh–urug’lar o’rtasidagi nikohdan voz keching!
O.KARIMOVA,
Qo’shtepa tumani FHDYo bo’limi mudirasi.