Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI O’TKAZILDI
2021-04-20 12:22:48 173
Qo’shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi I.Novikovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi.
Unda hokim o’rinbosarlari, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan 50 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabulda fuqarolar tuman hokimiga uy-joy, moddiy yordam, bandlik, bank bilan bog’liq muammolarni hal etish yuzasidan murojaat qildilar.
Albatta har bir muammo o’z yechimini kutadi. Hal bo’lgan masala esa o’z navbatida fuqarolarda ertangi kunga umid va ishonch hissini mustahkamlaydi. Muhimi tuman hokimi har bir muammoga bor diqqat e'tiborini qaratib, ularni hal qilish choralarini belgilab berdi. YEchimi yo’q muammo bo’lsa ortiqcha ovvoragarchiliklarga uchramasliklari uchun fuqarolarga taklif va munosabatlar shu joyning o’zida bildirib o’tildi.
Shuningdek, hal etilishi muddat talab etuvchi murojaatlar bo’yicha tegishli mutasaddilarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.