Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QARINDOSHLAR O’RTASIDAGI NIKOHNING SALBIY OQIBATLARI

×

 2021-04-15 10:58:33    941

PDF yuklash
Chop etish



Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o’z hadisi shariflarida kimlar o’rtasida nikoh joiz bo’lmasligini bayon etganlar: “Hech bir ayol o’z ammasi, xolasi, aka-ukalarining qizlari, opa-singillarining qizlari ustiga nikohlanmasin. Agar nikohlansalar, qarindoshlar o’rtasidagi silai rahmni (qarindoshlik rishtasini), uzgan bo’ladilar”

(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Biz milliy an'analarimizda ham mazkur oyat va hadis taqozo etgan hukmga rioya qilinishini qayd etish bilan birgalikda mamlakatimizda amalda bo’lgan qonun va qoidalarda ham bu ma'no ta'kidlanganini ko’rishimiz mumkin. Oila kodeksining I bo’lim, 16-moddasida:

“Nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar o’rtasida, tug’ishgan va o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o’rtasida nikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi”, deyilgan. Islom dini uylanish borasida qarindosh bo’lmagan oilalardan uylanishni afzal ko’radi.

Ammo tibbiy tomondan olinadigan bo’lsa, irsiy kasallikka mubtalo bo’lgan oilalar qarindosh-urug’lar o’rtasida qiz olish yoki berish bo’lsa u vaqtda farzandlar zaif, past bo’yli, aqli oz bo’lib tug’ilishi o’z isbotini topgan. Nasab jihatidan bir-biriga begona bo’lgan shaxslar o’rtasidagi nikohdan tug’ilgan bolalar esa holati zaif bo’lmaydi.

Bu haqda Hazrati Umar roziyallohu anhu as-Soib avlodlarining bir-birlari bilan quda-anda bo’lishlarini ko’rganlarida: “Farzandlaringiz zaif va ozg’in bo’lmasligi uchun begonalardan uylaningizlar”, deganlar (Ibrohim Harbiy “G’arib al-Hadis” kitobidan).

Imom G’azzoliy o’zining “Ihyou Ulum ad-din” kitobida Payg’ambar alayhissalomdan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: “Yaqin qarindoshlarga uylanmangizlar, farzand nimjon bo’lib dunyoga kelishi mumkin”. Shuning uchun ham yaqin qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nikoh oqibatida farzandlar nimjon va zaif tavallud topishi ko’proq kuzatilgan. “Irsiyat yetti pusht suradi”, degan gap bekorga aytilmagan. Qiz berganda yoki o’g’il uylantirganda yetti pushtini surishtirish ham shundan kelib chiqqan bo’lsa, ajab emas. Statistik ma'lumotlarga ko’ra, qarindosh bo’lmagan oilalarda tug’ilayotgan har mingta go’dakdan ikkitasi nogiron bo’lib dunyoga kelsa, yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohdan tug’ilgan bolalar majruhligi ikki-uch barobar ko’p ekan. Millat kelajagi sog’lom, aqlli farzandlar qo’lida bo’lmog’i lozim. Faqatgina sog’lom, barkamol, aqli yetuk avlodgina buyuk kelajakni qura oladi.

Abduxoshim AXMADALIYEV,

Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram