Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLALARDA “HUQUQIY AXBOROT KUNI” TARG’IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2021-04-09 20:29:45 195
Qo’shtepa tumani adliya bo’limi tomonidan Namuna mahallasida “Huquqiy axborot kuni” targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir tuman hokimligi, Aholi bandligiga ko’maklashish markazi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi, FHDYo, xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius, Marg’ilon tumanlararo fuqarolik va iqtisodiy sudlari bilan hamkorlikda aholining huquqiy bilimini oshirish hamda huquqiy maslahatlar berish maqsadida o’tkazildi.
Tadbirda Namuna, Qumtepa, Qamishtepa, Qizilariq hamda Qayrog’och mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi 100 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etishdi. Tuman adliya bo’limi tomonidan ushbu fuqarolarning 35 nafariga uy-joy, ijtimoiy nafaqalar, kredit olish, komunnal xizmat ko’rsatishdagi muammolar va boshqa masalalarda joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 12 nafar fuqaroning murojaatlari bo’lim ish yurituviga olinib, 20 dan ortiq qonun xujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan flayerlar tarqatildi.
Shuningdek, FHDYo bo’limi tomonidan 9 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar, tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 5 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko’rsatildi. Notarial idora tomonidan esa 15 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, 3 ta fuqaroga sayyor xizmatlar ko’rsatildi.
Tumandagi tijorat banklari tomonidan 12 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, 3 nafar fuqaroning murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.
Bundan tashqari, fuqarolik ishlari va iqtisodiy ishlar bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudlarining sudyalari tomonidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.