Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SARDORLAR SARALANDI (FOTO)
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/60817bf3c2fdbbeee9301.jpg)
2021-04-01 16:40:42 158
![](https://telegra.ph/file/60817bf3c2fdbbeee9301.jpg)
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qo’shtepa tuman Kengashi, tuman hokimligi, tuman madaniyat bo’limi bilan hamkorligda «Eng namunali sardorlar Kengashi» ko’rik-tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.
![](https://telegra.ph/file/5f8ae440e259437000466.jpg)
![](https://telegra.ph/file/42becbaa61a991b390716.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d960f299405ddd25b7b07.jpg)
Mazkur ko’rik-tanlovda hududiy bosqichlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan 6 ta jamoa qatnashdi. Tadbirni tuman hokimi o’rinbosari A.Yusupov ochib berdi va sardorlarga omad tiladi. Shundan so’ng jamoalar 3 ta shart bo’yicha tashkil etilgan bellashuvda qizg’in bahs olib bordilar.
![](https://telegra.ph/file/37d85f641f7847b2711c4.jpg)
![](https://telegra.ph/file/637821dac1b801bc03539.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a78c9c01e916a009e11e3.jpg)
Shartlar yakuni bo’yicha 43-umumiy o’rta ta'lim maktabi jamoasi faxrli 1-o’rinni egalladi. 40-umumiy o’rta ta'lim maktabi 2-o’rinni, 11-umumta'lim maktabi jamoasi esa 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
![](https://telegra.ph/file/a7c34405ec2b8bda759e4.jpg)
![](https://telegra.ph/file/eb58c0f94a7c921f42f99.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d63f3eadd2cd65aaf427a.jpg)
Ko’rik-tanlov yakunida ishtirok etgan jamoalar O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qo’shtepa tuman Kengashining diplom va esdalik sovg’asi bilan taqdirlandi.
![](https://telegra.ph/file/1841632ecb7aebacd96f6.jpg)
![](https://telegra.ph/file/996c87d4592788cd76ec8.jpg)
Tanlov so’ngi haqiqiy sardorlarga xos bo’lib, bayramona kuy qo’shiq va raqslarga ulanib ketdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.