Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO’YXATGA OLISHNI O’TKAZISHGA QANDAY TOIFADAGI XODIMLAR JALB QILINADI?

×

 2021-04-01 12:00:46    229

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 710-sonli qarorining 1-ilova asosan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 20-bandiga muvofiq aholini ro’yxatga olishni o’tkazishga quyidagi toifadagi xodimlar jalb qilinadi:

respublika darajasida — respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Qo’mita markaziy apparati hamda Qo’mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari;

hududiy darajada — hududiy komissiyalar a'zolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda shartnoma asosida vaqtincha jalb yetiladigan birlamchi ma'lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari xodimlari;

tumanlar (shaharlar)da — tuman va shahar statistika bo’limlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb yetiladigan tuman va shahar ro’yxatga olish bo’limlari hamda ro’yxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari.

Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar, qo’llanma va ma'lumotnoma hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro’yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik ta'minlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo’shimcha ravishda shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

Qo’shtepa tumani statistika bo’limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram