Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARZDOR OTADAN 120 MILLION SO’M UNDIRILDI
2021-03-31 22:01:24 192
Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining ijrosini ta'minlash maqsadida voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment to’lashi ko’rsatilgan qarzdor fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o’tkazib kelinmoqda.
Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat yuritayotgan yarashtiruv komissiyalari bilan uzrli sabablarsiz ajrashib ketayotgan yosh oilalarni yarashtirish ishlarini olib borish, yoshlarga oila muqaddas dargoh ekanligini tushuntirib ota-onalarni o’zaro kelishmovchiliklari oqibatida qanchadan-qancha farzandlar ota-ona mehriga zor bo’lib ulg’ayishayotgani yuzasidan muntazam ravishda proflaktik suhbatlar o’tkazib kelinmoqda.
O’tkazilgan proflaktik suhbatlar davomida joriy yilning 90 kuni davomida 100 dan oshiq buzilgan oilalar tiklandi.
Masalan, bo’lim davlat ijrochisi A.Karimov ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining
sud buyrug’iga asosan qarzdor Sh.Xusanovdan undiruvchi X.Xusanova foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish to’g’risidagi ijro hujjati undiruvchining iltimosnomasiga asosan Qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlab, undiruvchi X.Xusanovaga ijrosiz qaytarib berildi.
Shuningdek, bo’lim davlat ijrochisi R.Sodiqov tomonidan Qo’shtepa tumani, Paxtakor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aliment to’lashi ko’rsatilgan qarzdorlar bilan o’tkazilgan proflaktik suhbat davomida, fuqarolik ishlari bo’yicha Qo’qon tumanlararo sudining buyrug’iga asosan qarzdor O.Xoliqovdan undiruvchi M.Xoliqova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun har qanday topgan daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish to’g’risidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor O.Xoliqovdan farzandlari voyaga yetgunga qadar bo’lgan 120 million so’m aliment pullari to’liq undirib berildi.
Mazkur ijro hujjati undiruvchining aliment pullarini to’liq olganligi to’g’risidagi arizasiga asosan ijro ishi yurituvi O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 41-moddasi, 1-bandiga asosan tamomlandi.
U.MELIYEV,
Majburiy ijro byurosining Qo’shtepa tumani bo’limi boshlig’i v/b.