Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“QIZLAR ODOBI” TARG’IBOTCHISI ANIQLANDI
2021-03-31 21:34:22 170
Odob qizlarning husnidan ham ustun turadigan fazilatlardan biri. Qizlarga odob o’rgatish jarayoni esa uzoq davom etadigan, nafaqat ota-ona, balki mahalla faollarining ham e'tiborini jalb qilishi lozim bo’lgan keng qamrovli jarayondir. Mahallardagi eng faol odob-axloq targ’ibotchilarini aniqlash, ularni ma'naviy-moddiy rag’batlantirish maqsadida “Qizlar odobi” targ’ibotchisi ko’rik-tanlovi o’tkazilmoqda.
Bugun Musiqa va san'at maktabida shu tanlovning Qo’shtepa tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi mahalla fuqarolar yig’inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, tumandagi Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilotlari raislari hamda mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qilayotgan iqtidorli-iste'dodli qizlar ishtirok etdilar.
Tanlovda eng faol targ’ibotchilar mahallada yosh qizlarga nafaqat kasb-hunar o’rgatish, balki ular ongu shuuriga o’zbekona odob-axloq, andisha-yu ibo fazilatlarini singdirish borasidagi amalga oshirayotgan ishlari, yosh qizlar orasida odobsizlik illatlarining yuzaga kelish sabablarini o’zida aks ettirgan sahna ko’rinishlari kabi shartlar asosida o’zaro bellashdilar.
Xakamlar xayatining xulosasiga ko’ra, faxrli birinchi o’rinni Xalqobod mahalla fuqarolar yig’in raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo’yicha o’rinbosari Sh.Soloxiddinova, faxrli ikkinchi o’rinni Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo’yicha o’rinbosari Sh.Qoraboyeva, faxrli uchini o’rinni Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo’yicha o’rinbosari M.Usmonova egalladi.
G’oliblar tuman hokimining diplomlari hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.