Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTATLAR MAHALLADA

×

 2021-03-31 20:47:45    177

PDF yuklash
Chop etish



Hozirgi kunda mamlakatimizda aholi bilan "mahallabay" shaklida ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda uyma uy yurib fuqarolarga manzilli yordam ko’rsatish “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi muammolarini yaqindan o’rganish va turmush darajasini yanada yaxshilash bo’yicha amaliy ko’mak berishni maqsad qilgan qo’shtepalik deputatlar bugun Borot, Garmdon va Paxtakor mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lishdi.


O’zbekiston xalq demokratik partiyasi Qo’shtepa tuman kengashining tashabbusi bilan “Deputat mahallada” loyihasi doirasida o’tkazilgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov, 3-sektor rahbari S.Abdullayev, O’zXDP viloyat kengashi raisi Z.Zoxidov, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari Sh.Sharapov, T.Xasanov va Yo.Qosimovalar ishtirok etdilar.


Tadbir ishtirokchilarining ilk manzili Borot mahalla fuqarolar yig’ini bo’ldi. Mahalladagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va bemorlar holidan xabar olindi. Ushbu xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga un,yog’ va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari topshirilib, ularning bugungi kundagi muammolari o’rganildi.


Navbatdagi manzil Garmdon va Paxtakor mahallalari bo’ldi. Mahallalarda uyma uy yurib fuqarolarga manzilli yordam ko’rsatish maqsadida, ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadon egalari bilan suhbat o’tkazildi. Ularning bugungi kundagi muammolari o’rganilib, amaliy ko’mak berish maqsadida deputatlar tomonidan nazoratga olindi.


Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati X.Isaqovning xomiylik yordamlari mahallalardagi 7 ta “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va bemorlarning xonadonlariga yetkazib berildi.

– 3 nafar voyaga yetmagan farzanlarim bilan yashayman, turmush o’rtog’im vafot etgan, – deydi, Borot mahallasining Farovonlik ko’chasida yashovchi G.Isroilova. – Pandemiya davrida ishsiz qolib, farzandlarim bilan biroz qiynaldim. Lekin yurtboshimiz biz kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni murakkab davrda yolg’izlatib qo’ymay hamisha e'tibor ko’rsatib keldilar. Tuman hokimligi va mahalladan ko’rsatilgan yordam tufayli ishga joylashdim. Hozirda mahalla fuqarolar yig’inida jamoatchilik asosida ishlab, bo’sh vaqtimda tomorqaga qarab, ro’zg’or tebratayapman. Bugungi tashrifdan ham mamnun bo’ldim. Avvalo muhtaram yurtboshimizga, qolaversa, loyiha tashabbuskorlariga, xomiylarga o’zim va farzandlarim nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman.


Bugungi tadbir davomida xomiylik yordamlari kirib borgan oilalarning barchasi ko’rsatilgan e'tibordan, bo’lib o’tgan suhbatdan mamnun bo’ldilar.


Tadbir ishtirokchilari 31-umumiy o’rta ta'lim maktabida ham bo’lishib, o’quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va dars jarayonlari bilan tanishdilar. Maktab bitiruvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Muloqot chog’ida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatlarga murojaat qilib, tegishli javoblarni oldilar.    

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram