Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
# SEMINARDA
2021-03-30 21:18:56 182
Qo’shtepa tumanidagi bolalar musiqa va san'at maktabida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi viloyat boshqarmasi bo’lim boshlig’i D.Madaminov, tuman Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hamda 51 ta mahalla raisi o’rinbosarlari ishtirokida seminar bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining aholi vakillariga tushuntirishda MFY mas'ullarining roli katta ekanligi tushuntirildi.
Shuningdek, hukumatning qarorida belgilangan har bir punktlariga batafsil to’xtab o’tildi.
Seminar ishtirokchilari ish jarayonlarida nafaqa tayinlanishida aholi vakillari bilan vujudga kelayotgan bir qancha muammoli savollarga javob oldilar.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Qo’shtepa tumani bo’limi.