Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-03-30 20:46:13    130

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun tuman xalq ta'limi bo’limiga qarashli 3-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari hamda qo’shimcha fan to’garaklar faoliyati bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, tuman hokimi 15-umumta'lim maktabida ham bo’ldi. Maktabning o’quvchi qizlaridan iborat sportning basketbol turi bo’yicha viloyat jamoasiga tuman hokimligi tomonidan ajratilgan sport formalari hamda anjomlari tantanali ravishda topshirildi.


Tuman 45-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lgan tuman hokimi muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.


I.Novikov Xumdon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Zero faks” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxonada bo’ldi. Tadbirkorga bu yerda yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini oshirish, eksportni yo’lga qo’yish hamda faoliyatini kengaytirish hisobiga yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Shuningdek, sektor rahbari 1 va 2-sektor hududlarida faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram