Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QABULDA: MUAMMOLAR TINGLANDI VA IJROSI NAZORATGA OLINDI

×

 2021-03-30 16:54:15    194

PDF yuklash
Chop etish



Haftaning har seshanba kuni Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o’tkazib kelinmoqda.


Qabulda tumanimiz aholisi muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etib, o’zlarini qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishmoqda.

Bugun, tashkil etilgan qabulda ham 70 nafardan ziyod fuqarolarimiz tuman hokimiga o’z murojaatlari bilan yuzlanishdi.


Fuqarolar tomonidan asosan, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta'minotini yanada yaxshilash, bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish, yer munosabatlari bilan bog’liq bildirilgan masalalar tuman hokimi tomonidan diqqat bilan tinglandi. Qabulda ishtirok etayotgan hokim o’rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassalalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan choralar izlandi.


Aksariyat murojaatlar shu joyning o’zida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo’yicha amaldagi qonunchilikka asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. YEchimini o’rganish va hal etish uchun vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan esa mas'ul shaxslarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram