Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VOLEYBOLCHI QIZLARIMIZ—RESPUBLIKA BOSQICHIDA
2021-03-27 16:58:14 169
Qizlarning sport bilan muntazam shug’ullanishi bo’lajak onalar salomatligini mustahkamlabgina qolmay, sog’lom kelajakni ta'minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sport qizlarimizda aniq maqsad sari intilishni, iroda va matonatni ham tarbiyalaydi.
Maktabimizda shug’ullanayotgan qizlarda ana shu fazilatlarni shakllantirishga alohida ahamiyat berilayotir. Bu yaqinda Beshariq tumanida 2003-2004 yillarda tug’ilgan qizlar o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha o’tkazilgan O’zbekiston chempionatining viloyat saralash musobaqasida o’zini namoyon etdi.
G’oyatda murosasiz kechgan bahslarda sport maktabimizning qizlar jamoasini mag’lub etadiganlar chiqmadi. Shunday qilib jamoa faxrli birinchi o’rinni egallab, respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Voleybolchi qizlarimizga keyingi musobaqalarda omadlar tilaymiz.
Rohatoy NURMATOVA,
tuman bolalar va o’smirlar sport maktabi direktori.