Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI
2021-03-26 20:15:57 204
Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimi I.Novikovning Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Qabul davomida 10 nafar fuqarolar 13 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflarni o’rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Qo’rg’oncha mahalla fuqarolar yig’inidagi 330 ta aholi tomorqalarini suv bilan ta'minlash maqsadida suv chiqarish inshooti qurish hamda Qizilariq mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 400 ta aholi xonadonlarini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida suv qudug’i qazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tuman rahbari yaqindan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish ishlarini loyiha smeta xujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda bajarilishini ta'minlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
“Sarmazor Eshonguzar” hamda “Kattaboltako’l” MMTP hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, tuman hokimligida iqtisodiy kompleks tashkilotlari rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirokida “Mahallabay” tizim asosida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda mahalliy soliq tushumlarini bajarilishi yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tizimda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.