Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL: OCHIQ VA OSHKORA MULOQOT
2021-03-26 17:45:12 238
Bugun Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida aholining turli qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko’rish maqsadida sayyor qabul o’tkazdi.
Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida tashkillangan sayyor qabulda hokim o’rinbosarlari, tashkilot va idoralar rahbarlari, tegishli mutasaddilar qatnashdilar.
Yuzma-yuz shaklidagi muloqotda ushbu mahallada yashovchi 10 nafar fuqarolarning suv va elektr ta'minoti, uy-joy, bank, sog’liqni saqlash, bandlik kabi masalalarga oid 13 ta murojaatlari tinglandi.
Ochiq va oshkora muloqotda tuman rahbari o’z qabuliga najot va umid bilan kelgan har bir fuqaroning ko’targan masalasiga, dardu tashvishlariga quloq tutdi. Har bir murojaatga adolatli va qonuniy yechim izlandi. Masalaning tegishligi bo’yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriq berildi.
Xulosa o’rnida aytganda, bunday sayyor qabullarni o’tkazilishi, muhimi, bugun hokimlarimiz o’zlarini xalq bilan hamnafas tutishayotgani odamlarning adolat izlab idorama-idora yurishi yoki turli sarsongarchiliklarga ro’para kelishining oldini olib, muammoni joyida hal qilish imkonini bermoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.