Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“SOG’LOM AYOL–SOG’LOM OILA” LOYIHASI MAHALLALARDA DAVOM ETADI
2021-03-26 14:32:33 224
Viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi hamda “Yuksak salohiyat” jamoat birlashmasi Farg’ona filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Sog’lom ayol – sog’lom oila!” loyihasi viloyatimizdagi tuman va shaharlarda davom etmoqda.
Bugun Qo’shtepa tumanida “Ayollar daftari” va “Temir daftari”da ro’yhatda turgan ayollarga, reproduktiv salomatlik va huquq, erta turmush qurish va qarindoshlar orasidagi nikohlarning salbiy tomonlari, reproduktiv yoshdagi ayollarda ko’krak saratoni profilaktikasi masalalari bo’yicha yuqori sifatli axborot va xizmatlarni ko’rsatish maqsadida mahalla fuqarolar yig’inlari raisining o’rinbosarlari, shuningdek, mahalla hamshiralarini malakalarini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarni Qo’shtepa tumani hokimining xotin-qizlar masalalari buyicha maslahatchisi, tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari M.Mo’ydinova ochib berdi.
“Yuksak salohiyat” Respublika jamoat birlashmasi Farg’ona filiali direktori Z.Axunova ishtirokchilarni “Sog’lom ayol–sog’lom oila” loyihasi bilan tanishtirdi.
Seminar-trening davomida “Erta va qarindoshlar orasidagi nikohlarning kelajakdagi bolalar sog’lig’iga salbiy ta'siri” mavzusida Farg’ona viloyat reproduktiv markazi direktori G.Abdurazzoqova, “Ayollar gigiyenasi va uralogik muammolar” mavzusida shifokor-ginekolog Yo.Axmedova, “Ayolning sog’lom turmush tarzi – kelajakdagi farzandlari sog’lig’ining kafolati” mavzusida loyiha koordinatori N.Qalandarovalarning qiziqarli ma'ruzalari tinglandi.
Ishtirokchilar o’tkazilgan seminar-treningda o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Bugun seminar-treningda qatnashgan mahalla fuqarolar yig’inlari raisining o’rinbosarlari o’zlari uchun juda muhim ma'lumotlarni olgan bo’lsalar, mahalla hamshiralari esa o’z malakalarini oshirdilar. Endi ular seminarda olgan bilimlarini mahallada targ’ib qiladilar. Demak, “Sog’lom ayol–sog’lom oila” loyihasi mahallalarda davom etadi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.