Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
# MEHNAT YARMARKASI
2021-03-25 21:27:00 240
Qo’shtepa tumanidagi 3-sektor hududida joylashgan 2-sonli kasb-hunar maktabida bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi.
Ushbu mehnat yarmarkasini o’tkazishda tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi va mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasida 32 ta korxona, tashkilot va muassasalar o’zlaridagi mavjud 668 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdilar. Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasida 125 nafar fuqarolar ishtirok etdilar. Yarmarkada ishtirok etgan fuqarolardan 4 nafari doimiy ishga joylashtirildi.
Ishga joylashtirishga imkoniyati bo’lmagan 26 nafar fuqarolar (yoshlar 11 nafar, ayollar 14 nafar)ni kasbga tayyorlash, qayta tayorlash va malaka oshirish kurslariga, 20 nafar (yoshlar 10 nafar, ayollar 5 nafar) fuqarolar vaqtinchalik haq to’lanadigan jamoat ishlariga yuborildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.