Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2021-03-25 19:12:54 203
Joriy yilning 24 mart kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e'lon qilingan edi.
Ushbu murojaatda: – “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Yangiariq MFY (sobiq O’roq-bolg’a qishlog’i) Yangi avlod ko’chasining ahvolini yurtboshimiz ko’rsalar edi! “Obod qishloq” dasturiga kirgan mahalla ham shu ahvolda bo’ladimi? Hech bo’lmasa shag’allashtirib berishsin! Suvni ham 4 km dan tashib ichamiz...” – deya shikoyat qilingan.
Ismi-sharifi ko’rsatilmay Qo’shtepa tumani, Yangiariq MFY (sobiq O’roq-bolg’a qishlog’i) Yangi avlod ko’chasidan yo’llangan ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan, joyiga borgan holda o’rganib chiqildi.
Yangiariq mahalla fuqarolar yig’ini Yangi avlod ko’chasidagi ichki yo’lga bugungi kunda shag’al yotqizilgan bo’lib, fuqarolar tomonidan ariq zovurlarni kavlanishi natijasida tuproqqa aralashib ketganligi aniqlandi.
Suhbat davomida mahalla fuqarolar yig’ini raisiga Yangi avlod ko’chasini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash dastur asosida va shag’allashtirish ishlari joriy yil II-chorakda bajarilishi ko’zda tutilganligi tushuntirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.