Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN
2021-03-24 17:29:00 904
Bugun Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi va tuman Xalq ta'limi bo’limi bilan hamkorlikda Qo’shtepa tumanidagi 1-umumta'lim maktabida “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbir yoshlar o’rtasida ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, yoshlarni ma'naviy yuksaltirish, o’quvchilarni Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, islom dinini asl mohiyati qandayligini tushuntirish, yoshlarni turli radikal oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi rahbari N.Otabekov so’z olib, bugungi o’quvchilarga ta'lim-tarbiya berishdagi o’qituvchining oldida turgan vazifalarga to’xtaldi. Turli oqimlarga yoshlarni kirib ketmasligini oldini olishda, islom dini haqida to’g’ri tushuncha berish kerakligi, “Jihod”, “E'tiqod”, “Hijrat” kabi so’zlarni nima ekanligi, uni asl mazmun-mohiyati haqida gapirib o’tdi.
Darhaqiqat, bugun dunyoda global muammo tusini olgan, yoshlar ma'naviyatiga jiddiy tahdid soluvchi “ommaviy madaniyat” va unga qarshi yoshlarning ma'naviy immunitetini shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirda so’zga chiqqanlar bunday tahdidlarga hech kim befarq bo’lmasligini, yoshlarimizning barkamol avlod bo’lib shakllanishi, kamolga yetishi uchun ma'naviy meros ulug’vorligini ta'minlash hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimligini ta'kidladilar.
“Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” shiori ostidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bugun tumanimizdagi 5-24-31-48 umumta'lim maktablarida ham bo’lib o’tdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.