Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2-SEKTOR XABARLARI
2021-03-23 20:52:20 238
Qo’shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov bugun O’qchi MFYda joylashgan davlat xususiy sherikchilik shaklidagi "Xadicha ona" nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, tarbiyalanuvchilarga berilayotgan ta'lim sifatini, yaratilgan shart-sharoitlarni, hududning tozaligini o’rgandi. Tuman prokurori tomonidan tashkilot rahbariga bahor mavsumi boshlanishi munosabati bilan tarbiyalanuvchilarga xonadon xovlisida shart-sharoit yaratish lozimligi bo’yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, sektor rahbari Sarmazor MFYda tashkil etilgan navro’z bayramida qatnashdi. Sektor rahbarining tashabbusi bilan xomiylar tomonidan mahalladagi faol ayollarga hamda "Ayollar" daftarida ro’yxatda turuvchi fuqarolarga esdalik sovg’alari topshirildi.
Bundan tashqari, sektor rahbari O’qchi MFYdagi shifokorlar uyida fuqarolarga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat faoliyati bilan tanishib, birinchi yordam uchun zarur bo’lgan dori-vositalarini mavjudligini ko’zdan kechirdi. Shifoxonaga tuman tibbiyot birlashmasidan qo’shimcha dori-vositalari va himoya qolqoplarini olib kelinishi ta'minlandi.
Sektor rahbari O’qchi MFYdagi ehtiyojmand oila sifatida "Temir daftar"ga ro’yxatga olingan X.Omonovaning xonadonida bo’ldi. Fuqaroga subsidiya mablag’lari hisobidan issiqxona qurib berilgan bo’lib, hozirda issiqxonadan samarali foydalanilayotganlik ahvoli o’rganildi. O’z navbatida sektor rahbari fuqaroga qolgan yer maydonlaridan samarali foydalanishi uchun o’zining kerakli tavsiyalarini berib o’tdi.
Shu bilan birga, sektor rahbari O’qchi MFY, Yangi Farg’ona ko’chasida istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari"da ro’yxatda turuvchi nogironligi bo’lgan R.Matkarimovaning otasi bilan suhbatlashib, fuqaroning muammosini o’rgandi. Sektor rahbari tomonidan fuqaroga o’zini-o’zi band qilib, ish stajiga ega bo’lishi mumkinligi yuzasidan kerakli tushunchalar berildi.
Sektor rahbari O’qchi MFY, Yangi Farg’ona ko’chasida yashovchi notinch oila hisoblangan U.Yoqubovaning xonadonida ham bo’lib, fuqaroning akasi bilan suhbat o’tkazdi. Fuqaroga ishga joylashish bo’yicha tumandagi korxona, tashkilotlardagi bo’sh ish o’rinlar ro’yxati ko’rsatilib, ish taklif etildi.
Tuman prokurori M.Shomurodov tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i S.Abdullayev bilan birga O’qchi MFYda joriy yilning mart oyida sodir etilgan 2 ta jinoyat yuzasidan mahalla faollari bilan uchrashib, jinoyatning sodir etilish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berilgan shart-sharoitlarni muhokama qildilar.
Jinoyat muhokamasi so’ng tuman prokurori O’qchi MFYda "Yoshlar daftari"da ro’yxatda turuvchi ishsiz va uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida sektor rahbari yoshlarni sportga qiziqtirish maqsadida ushbu mahallaning faol yosh sportchilariga o’zining esdalik sovg’alarini topshirdi. Shundan so’ng yoshlarning muammolari o’rganilib, 4 nafar yoshlarning muammolari joyida hal etildi.
Sektor rahbari saylov uchastkalarini xatlovdan o’tkazish bo’yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan uchrashdi. Ishchi guruh tomonidan xatlovdan o’tkazilgan saylov uchastkalari joyiga chiqqan holda o’rganildi.
Qo’shtepa tumani 2-sektor shtabi.