Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUAMMOLAR IJROSI – HOKIM NAZORATIDA
2021-03-23 16:17:57 227
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan har haftaning seshanba kuni tuman Xalq qabulxonasida o’tkazib kelinayotgan qabul aholining murojaatlarini samarali hal etishda muhim omil bo’lmoqda.
Bugun bo’lib o’tgan navbatdagi qabulda 60 nafarga yaqin fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlari birma-bir tinglandi va ularga yechim topish chora-tadbirlari belgilandi.
Qabulda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Har galgidek mahalla fuqarolar yig’ini raislari ham o’z mahallasidan kelgan murojaatchilar birga qatnashdilar.
Murojaatchilarning barchasi bevosita tuman rahbari tomonidan qabul qilindi. Fuqarolarning uy-joy, suv va elektr ta'minoti, moddiy yordam, bolalar uchun nafaqa puli olish kabi o’nlab masalalardagi murojaatlari bevosita tuman rahbari tomonidan qabul qilindi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi. Qolganlarining ijrosini hokim o’z nazoratiga oldi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.