Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-03-20 21:17:25 230
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’inida “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
“2020-2021 yillarga mo’ljallangan investitsiya dasturi” doirasida yangi qurilayotgan Borot mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 42-sonli va Qo’rg’oncha mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 27-sonli hamda “Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi” mablag’lari hisobidan yangi qurilayotgan Dehqonobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 9-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo’lgan tuman hokimi muassasalarda olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. Muassasalarda olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda zamonaviy mebel jixozlari bilan ta'minlash yuzasidan ma'sul rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Farg’ona viloyati hokimi X.Bozarov rahbarligida Yozyovon tumani “Xonabod” MMTP hududidagi “Xayrullo” fermer xo’jaligida joriy yilgi o’ziga xos o’zgaruvchan ob-havo sharoitida chigitni maqbul muddatda ekish, mavsumni qisqa muddatda sifatli o’tkazish uchun texnika va agregatlarni puxta hozirlash hamda mexanizator, seyalkachilarga dala maydonlarida sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan tashkil etilgan ko’rgazmali o’quv seminarda ishtirok etdi.
Shuningdek, tumandagi qishloq xo’jaligiga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari va hudud agranomlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomondan mas'ul rahbarlarga tumanda chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi tomonidan suvdan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida suv tejovchi texnologiyalarni joriy bo’yicha “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Olib borilayotgan qurilish ishlarini loyiha smeta xujjatlari asosida belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Bo’sh turgan binolardan samarali foydalanish hamda aholiga arzon va sifatli go’sht mahsulotlari yetkazib berish maqsadida tumandagi “Shukur Davlat” ko’p tarmoqli xususiy fermasi tomonidan hududdagi bo’sh turgan bino-inshootlar o’rnida tashkil etilgan bo’rdoqichilik kopleksi tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari yaratish yuzasidan tegishli takliflar berildi.
Shuningdek, “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida g’alla o’rim kombaynlarini mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari bilan tanishib, mas'ul rahbarlarga ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.