Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI I.NOVIKOVNING NAVRO’Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN QO’SHTEPA XALQIGA TABRIGI

×

 2021-03-20 11:41:41    117

PDF yuklash
Chop etish



Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Qadrli do’stlar! 

Jannatmakon ona yurtimizga barchamiz orziqib kutgan go’zal va dilbar fasl - Navro’zi olam kirib kelmoqda.

Mana shu ulug’ ayyom, sharqona yangi yil bilan siz azizlarni — Muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis va mehribon opa-singillarimizni, jondan aziz suyukli farzandlarimizni, kattayu-kichik yurtdoshlarimizni va butun Qo’shtepa ahlini chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.

Mana shu qutlug’ kunda siz azizlarga sihat salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik va totuvlik, fayz va baraka tilayman.

Aziz va muhtaram tumandoshlar!

Xalqimizda “Tinch yurtga bayramlar, to’ylar yarashadi” degan teran mazmun-mohiyatga ega hikmatli ibora bor. Yaratganga beadad shukronalar bo’lsinki, Muhtaram Yurtboshimizning dono siyosati tufayli xalqimiz tinch, osoyishta, farovon hayot kechirmoqda. Orzu niyatlarga yetishish uchun yurt istiqboli yo’lida fidokorona mehnat qilmoqda. Farzand va nevaralarini tarbiyalab kamolini ko’rmoqda. Inson uchun bundan ortiq baxt bo’lmasa kerak!

Bugungi keng ko’lamli bunyodkorlik ishlarini, xalqimizning kelajakka bo’lgan ishonchini ko’rib, osuda hayotimizning qadriga yetishimiz, shukronalik hissi bilan yashash kerakligini yana bir bor anglab yetamiz.

Mana shu munavvar lahzalarda siz, azizlarga, butun xalqimizga eng ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman. 

Barchangizni Navro’z ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, o’zimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarni izhor etaman!

Navro’zi olam yurtimizga tinchlik, omonlik, baxt-saodat, qut-baraka olib kelsin!

Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to’y-tomoshalar ko’p bo’lsin!

Barchamizning ezgu orzu niyatlarmiz ushalsin. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram