Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SAXOVAT VA KO’MAK” UMUMXALQ HARAKATINING NAVBATDAGI SAXOVATI

×

 2021-03-20 11:32:03    140

PDF yuklash
Chop etish



Sharqona yangi yilning boshlanishi, mehr-oqibat ramzi, bag’rikenglik, saxovat, tinchlik va farovonlik ifodasi, asl milliy, eng ardoqli bayram bo’lmish Navro’zi olamning tashrifi qalblarimizga olam-olam quvonch baxsh etayotir. Tabiat uyg’onib, borliq yam-yashil tusga kirgan, ko’ngilda ezgu niyatlar kurtak yozayotgan ana shunday farahbaxsh damlarda mazkur bebaho ayyomni sog’inganimizni teran anglaymiz. 

Aslida, odamzod va tabiatni bir-biridan ayro holda tasavvur etish mushkul. Zero, har bahorda tabiat o’zining ko’rku chiroyi, uyg’onishi bilan inson xatti-harakatlariga ham ta'sir qiladi. Buni shu kunlarda yurtdoshlarimizning obodonlashtirishu ko’kalamzorlashtirish yumushlariga astoydil kirishib, amalga oshirayotgan xayrli ishlaridan bilish mumkin.


Shu kunlarda jonajon yurtimizda navro’z shukuhi kezmoqda. Inson qadri ulug’langan, xayru saxovatli, mehr-muruvvatli Navro’z ayyomida tumanimizda savobli ishlar amalga oshirilmoqda. Nuroniylarimiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda yotoqdagi bemorlar holidan xabar olinmoqda.


Bugun mana shunday tadbirlarning davomi sifatida “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida “Temir daftarga” kiritilgan va og’ir ahvoldagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 438 ta xonadonga tarqatish uchun tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi xodimlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlandi.


Qo’shtepalik saxovatli insonlarning tashabbusi bilan 438 ta xonadonga 4430 kg guruch, 1334 litr yog’, 1329 kg shakar va boshqa birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi. Oziq-ovqat jamlamalari bugun erta tongda 51 ta mahalla fuarolar yig’inlari raislariga tarqatish uchun topshirildi.


Ushbu oziq-ovqat mahsulotlari bugunning o’zida tumanimizdagi 438 ta xonadonga yetkazib beriladi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram