Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-03-19 22:09:23 172
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning tashabbusi bilan bayram arafasida Karnaychi mahalla fuqarolar yig’inida “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafar kam ta'minlangan ehtiyojmand oilalarga “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Bugun tadbirkorlar uyida aholini tadbirkorlikka yo’naltirish hamda ularni daromadlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirkorlik o’quv kurslarini tamomlagan 20 nafar tinglovchilarga sertifikat topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini tabriklab, ularga tadbirkorlik kurslarini tamomlaganliklari to’g’risidagi sertifikatlarni topshirdi.
Sektor rahbari Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida zamonaviy ko’rinishda ta'mirlanayotgan uy-joylarda bo’lib, aholiga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga ushbu uy-joylarni avvalo ijtimoiy-himoyaga muhtoj, nogironligi bo’lgan hamda noturar joylarda istiqomat qilayotgan yolg’iz onalarga arzon narxlarda ajratilishi yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tuman hokimi sektor rahbarlari va huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini, Guliston ko’chasida yashovchi adashgan fuqaro M.Muhammadjonovaning farzandlarini o’z tarbiyasiga olgan M.Azizovaning xonadonida bo’lib, ularning holidan xabar oldilar hamda bolajonlarga bayram sovg’alarini topshirdilar.
Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 46-umumta'lim maktabida bo’lgan I.Novikov o’quv jarayonlari hamda qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, tuman hokimi tomonidan ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulolari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida bo’lgan tuman hokimi muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Beshkapa” shifokorlar xizmat uyida bo’lib, muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko’rsatish sifati hamda ijtimoiy dorixona faoliyati bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Bejrim poyabzal” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lgan sektor rahbari tomonidan korxonada ishlab chiqarilayotgan charm poyabzal mahsulotlari sifatini oshirish va faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan takliflar berildi.
“Xavasmand-Qorajiyda” va “J.Jaxonov-Do’rmon” MMTP hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi va joylarda qishloq xo’jaligi tashkilotlari, fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida yig’ilishlar o’takzildi. Tuman hokimi tomonidan g’alla parvarishida bahorgi o’g’itlash ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.