Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2-SEKTOR XABARLARI: BO’SH ISH O’RINLARI MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
2021-03-19 20:38:26 203
2-SEKTOR XABARLARI: BO’Sh ISh O’RINLARI MEHNAT YaRMARKASI TAShKIL ETILDI
Bugun, Qo’shtepa tumani prokuraturasi tashabbusi bilan sektorda mas'ul idoralar hamkorligida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli fuqarolar, shu jumladan yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Unda 63 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o’zlarida mavjud 250 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishdi.
Mehnat yarmarkasida 100 dan ortiq fuqarolar qatnashib, ishsiz ayollar va yoshlarning 21 nafari doimiy, 28 nafari mavsumiy ishga joylashtirildi hamda 14 nafariga qiziqishlariga qarab kasb-hunarga o’qish uchun yo’llanmalar berildi.
Shuningdek yarmarkaga jalb qilingan fuqarolarga mehnat qonunchiligi, tadbirkorlik va o’zini-o’zi band qilish bo’yicha maslahatlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.