Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL – XALQ BILAN FAOL VA OCHIQ MULOQOT
2021-03-19 15:30:46 210
Xalq bilan faol va ochiq muloqotni muntazam yo’lga qo’ygan Qo’shtepa tumani hokimi haftaning juma kunlari hududlarda o’zining sayyor qabullarini o’tkazib kelmoqda. Shunday qabullardan biri tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirokida Karnaychi mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tdi.
Tuman hokimining o’rinbosarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan qilingan 15 dan ortiq murojaatlar tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ularni qanoatlantirish choralari ko’rildi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan, elektr va suv ta'minoti, uy-joy, kredit va boshqa masalalar bo’yicha murojaatlar qilinib, ularning har biri alohida nazoratga olindi.
Sayyor qabulda murojaatlarning bittasi joyida hal etildi, ayrimlariga qonuniy tushuntirish berilib, muddat talab qiladiganlari esa tegishli mas'ullar tomonidan o’rganib chiqilmoqda.
Shu kunlarda jonajon yurtimizda navro’z shukuhi kezmoqda. Inson qadri ulug’langan, xayru saxovatli, mehr-muruvvatli Navro’z ayyomida savobli ishlar amalga oshiriladi. Nuroniylarimiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda yotoqdagi bemorlar holidan xabar olinadi. Tuman hokimi I.Novikov ham qabuldan so’ng Karnaychi mahallasi, Archazor ko’chasida yashovchi 104 yoshli onaxon Umugulsun Ergashevaning xonadonida bo’ldi. Tabarruk onaxonni yo’qlab, unga nogironlik aravachasini topshirdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.