Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” KO’RIK-TANLOVI

×

 2021-03-18 15:37:06    177

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumanidagi Axborot kutubxona markazida 5 ta muhim tashabbus doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda tuman XTB tasarrufidagi 29, 33, 40-umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.

Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimizda o’quvchi-yoshlarning ijtimoiy-ma'naviy bilimlarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma'naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, qolaversa, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iboratdir.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi, tuman XTB va Axborot kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan bellashuvda o’quvchilar 4 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Bellashuvda 40-umumiy o’rta ta'lim maktabining “Davr yoshlari” jamoasi birinchi o’rinni egalladilar. 

Tadbir yakunida g’olib jamoaning barcha ishtirokchilariga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi hamda tuman Axborot kutubxona markazining esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram