Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSI – QO’SHTEPA TUMANIDA
2021-03-16 18:31:16 160
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod mahalla dasturi to’g’risida”gi farmoniga muvofiq Qo’shtepa tumanida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inida ham dasturga asosan ishlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
Qo’shtepa tuman hokimi I.Novikov G’ishtmon mahallasida bo’lib, dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tuman hokimi dastur doirasida bajarilayotgan ishlardan kelib chiqib, barcha tegishli mutasaddi tashkilotlarga hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Qo’shtepa tumani inspektsiyasi bo’limiga o’zining fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli topshiriqlarini berdi.
Yuqoridagi topshiriqqa asosan inspektsiya xodimlari tomonidan obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Mahalladagi ariq-zovurlar tozalanib, hududdagi chiqindilar olib chiqilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.