Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XITOYLIK INVESTORLAR QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI QABULIDA
2021-03-13 19:32:38 179
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov bugun tuman hokimligida Xitoylik investorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo’yicha muzokara olib bordilar.
Xususan, investorlar bilan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish bo’yicha hamkorlik qilish muhokama etildi.
Tuman hokimi investorlar tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishib, kelgusida ushbu loyihani qisqa muddatlarda amalga oshirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’z takliflarini berdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.