Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2021-03-13 16:14:52 207
2021 yil 8 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi O’RQ–671-son Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati
2021 yil 8 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi O’RQ–671-son Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritildi.
O’zgartirishga ko’ra, O’zbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:
· O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
· O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
· harbiy sudlar;
· Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
· Qoraqalpog’iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari;
· fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
· jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlari;
· tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
· tumanlararo ma'muriy sudlari.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Avazjon ERGAShEV,
jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.