Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
UMUMXALQ HASHARI DAVOM ETMOQDA
2021-03-13 15:49:44 183
Mamlakatimiz bo’ylab "Obod va ko’rkam mahallam" shiori ostida davom etayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari Qo’shtepa tumanida ham davom etmoqda.
Mehr-oqibat rishtalariga yo’g’rilgan ushbu hashar tumanimizda uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
“Obod va ko’rkam mahallam” obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari ayni damda 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida jadal sur'atlarda davom etmoqda.
Mahallalardagi ko’chalar, guzar va ziyoratgohlar, qabristonlarda tozalash ishlari olib borilib, mevali va manzarali daraxtlar, gul ko’chatlari ekilmoqda.
Bir so’z bilan aytganda qo’shtepaliklar umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok emoqdalar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.