Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHKUMA AYOL MUDDATIDAN OLDIN JAZODAN OZOD QILINDI

×

 2021-03-07 18:12:04    212

PDF yuklash
Chop etish



Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi tomonidan Yoshlar markazi binosida o’kazilgan ochiq sayyor sud majlisida Qo’shtepa tumani IIO Probatsiya guruhining nazorati ostida jazo o’tayotgan 1 nafar mahkuma ayolni sud tomonidan tayinlangan ozodlikni cheklash (xalq tili bilan aytganda uy qamog’i) jazosini o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi Qo’shtepa tumani IIB boshlig’ining taqdinomasi ko’rib chiqildi.

Ozodlikni cheklash jazosini o’tayotgan 1 nafar mahkuma ayol jazoni o’tash davrida belgilangan tartib-qoidalarga to’liq rioya qilganligi va tuzalish yo’liga o’tib, qilmishidan chin ko’ngildan pushaymonligi sababli, insonparvarlik printsiplari asosida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan tartibda jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Jazodan ozod qilingan mahkuma ayol S.M.ga sudyalar tomonidan kelgusidagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushuntirish berildi.


Mahkuma ayol S.M.ga berilgan bu imkoniyat unga bayramona tuhfa bo’lib, xotin-qizlar bayramini oila a'zolari davrasida ochiq yuz va hursandchilik bilan kutib olishiga, Davlatimiz va Prezidentimiz siyosatiga hurmat hissini oshishiga, kelgusida qayta jinoyat sodir etishini oldini olishga xizmat qiladi deb umid qilamiz.

Farxodjon G’aniyev,

Farg’ona viloyat sudi raisining o’rinbosari,

Avazjon Ergashev,

Qo’shtepa tumani sudining raisi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram