Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AYOLLAR DAFTARI”: HUQUQIY YORDAM
2021-03-06 17:06:07 186
Farg’ona viloyati sudlari, qo’yi sudlar, tuman hokimligi hamda boshqa idora va tashkilotlar hamkorligida Qo’shtepa tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarimizga manzilli huquqiy yordam ko’rsatish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, huquqiy idoralar hamkorligida Qo’shtepa tumanida ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan ko’makka muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etishga bag’ishlangan yig’ilishlar bo’lib o’tmoqda.
Mazkur yig’ilishlarda hududlarda istiqomat qilib kelayotgan hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sud-huquq sohasiga oid muammolarini o’rganish va ularni qonunda belgilangan tartibda hal etish mexanizmlari to’g’risida takliflar bildirilmoqda.
Huddi shunday tadbirlardan biri viloyat sudi raisining o’rinbosarlari, Farg’ona tumanlararo ma'muriy sudi sudyasi, tumandagi va tumanlararo sudlar raislari va sudyalar, prokuratura, IIB, Majburiy ijro byurosi, adliya, TTB, BTPJ, DXA, FHDYo, “Madad” NNT, tuman hokimligi va boshqa tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhi a'zolari ishtirokida Qo’shtepa tumanidagi Yoshlar markazida bo’lib o’tdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda sud-huquq sohasiga oid masalalar yuzasidan o’tkazilgan sayyor uchrashuvda huquqiy yordamga muhtoj bo’lgan 17 nafar xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Sayyor uchrashuv davomida ayollarning 10 nafari sud-huquq masalalarida, 3 nafari majburiy ijro byurosi bo’limiga, 4 nafari esa ijtimoiy va boshqa masalalarga oid murojaatlari bilan qatnashdilar.
Sud-huquq masalalaridagi 13 ta murojaatlardan 1 ta murojaat ijobiy hal qilinib, mahkuma ozodlikni cheklash jazosining o’talmagan qismidan muddtidan ilgari shartli ozod qilindi. 12 ta murojaat bo’yicha tushuntirishlar berildi.
Avazjon ERGAShEV,
jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.