Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FOTOREPORTAJ: QO’SHTEPADA 8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BAYRAMI KENG NISHONLANDI

×

 2021-03-06 16:11:42    223

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumani Madaniyat markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami nishonlandi.

Tadbirda Davlat va jamoat ishlarida, o’qishda va ijodda tumanimiz hayotining barcha sohalarida faoliyat yuritayotgan faol ayol qizlar, pir-u badavlat, aziz va muhtarama onaxonlar ishtirok etdilar.


Madaniyat markaziga tashrif buyurgan har bir xotin-qizlarga tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan bayram sovg’alari ulashildi. 


Dastlab, bayramni ochib berish hamda tabrik uchun so’z navbati tuman hokimi I.Novikovga berildi.

– Assalomu alaykum Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Barchamiz orziqib kutgan yangilanish va yasharish fasli bo’lmish bahor kirib kelishi bilan tabiat uyg’onib, ko’ngillarimiz yorug’ tuyg’ularga to’lib borayotgan mana shu shukuhli ayyomda Sizlarni, Sizlar orqali butun tumanimiz xotin-qizlarini yaqinlashib kelayotgan 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!


Biz bugun Yaratganning buyuk mo’'jizasi bo’lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o’zida mujassam etgan, ayol deb atalgan ojiza qalb egalarinini, tabarruk onalarni ulug’lar ekanmiz, beixtiyor “Jannat onalar oyog’i ostidadir” degan hikmatli so’zlarni eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta'zim qilamiz.


Tuman hokimi bildirgan ezgu tilaklardan so’ng tadbirning tantanali qismi boshlandi. Tuman madaniyat markazi xodimlari va san'atkorlari, bog’cha va maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi kechada jam bo’lganlarning shukuhini yanada ko’tarib yubordi. Qo’shiqlar raqslarga va tabriklarga ulandi.

Bayram tadbirida O’zbekiston Respublikasi xalq xofizi Ilhom Ibrohimov, xushovoz xonandalar Otabek Muhammazohid va Bahodir Mamajonovlar ham ishtirok etishdi. El ardog’idagi san'atkorlar tomonidan diltortar qo’shiqlar ijro etildi. Opa-singillarimiz qo’shiqlarga jo’r bo’lib, raqsga tushdilar. Ushbu tadbir go’zal kuy-qo’shiqlarga hamohang tarzda bo’lib o’tdi.


Bayram tadbiri davomida Nurafshon va Kichik beshkapa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi “Temir daftar”ga kiritilgan M.Xolxo’jayeva va N.Xudayorovalarga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan bepul tikuv mashinalari ham berildi.  

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram