Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
# TIBBIY KO’RIK
2021-03-01 21:57:50 230
Qo’shtepa tumani Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi Ko’p tarmoqli Markaziy poliklinikada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand ayollarning muammolarini bartaraf etish maqsadida qabul o’tkazildi.
Qabulda tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig’i O.Murodov, Farg’ona viloyati kasaba uyushmasi birlashmasi vakili T.Xomidov va boshqa mas'ul xodimlar hamda Ko’p tarmoqli Markaziy poliklinika mutaxassislari ishtirok etdilar.
Qabul jarayonida ayollarning salomatligini tiklash bo’yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.