Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLAR QABULI: MUROJAATGA TEZKOR YECHIM
2021-03-01 13:47:57 207
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida tuman hokimligi tomonidan “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazilib kelinmoqda.
Bugun navbatdagi qabul Qo’shtepa tumanidagi Bosh vazir qabulxonasida o’tkazildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko’rib chiqish va muammolarini o’z vaqtida bartaraf etish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tadbirkorlarni qabul qildi.
Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan yo’llangan murojaatlarda ko’tarilgan masalalarning 11 tasiga joyida tushuntirish berilib, 4 tasi tegishli tartibda ro’yxatga olinib, vakolatli davlat tashkilotlari va korxonalariga ko’rib chiqilishi uchun yo’naltirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.