Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYRIM KODEKSLARGA O’ZGARTISH VA KO’SHIMCHALAR KIRITILDI

×

 2021-03-01 11:47:33    236

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati

I. Qonunning maqsadi.

Qonunning maqsadi yurtimizda voyaga yetmagan shaxslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularni majburiy mehnatga, taqiqlangan yoki g’ayriqonuniy birlashmalar faoliyatiga jalb qilish hamda voyaga yetmaganlardan shahvoniy maqsadlarda foydalanish holatliriga chek qo’yish va bunday harakatlarni sodir etganlarning javobgarligini so’zsiz ta'minlash ishlarini yanada kuchaytirishdan iborat.

 

II. Qonunning mazmuni va mohiyati.

Voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik to’g’ridan-to’g’ri jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo’shimchalarga ko’ra,

16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan shaxsning 18 yoshga to’lmaganligi aybdorga ayon bo’lgani holda uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llanilishi mumkin.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni g’ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llanilishi mumkin.

Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi va Jinoyat kodekslariga kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda ma'muriy tarzda majburlagan shaxs to’g’ridan-to’g’ri jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.

(Ilgari ma'muriy jazo qo’llanilgandan so’ng takror sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilangan.)

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Qo’shtepa tuman adliya bo’limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram