Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’QUV KURSINI TAMOMLAGAN YOSHLARGA SERTIFIKAT TOPSHIRILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/bb97f93e8e22f82495a69.jpg)
2021-02-27 20:22:05 169
![](https://telegra.ph/file/bb97f93e8e22f82495a69.jpg)
Qo’shtepa tumani hokimligi hamda Tadbirkorlikka ko’maklashish markazi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka o’rgatish bo’yicha o’quv kurslari tashkil etildi. Kurslarda yigit-qizlarga biznes yuritish sirlarini o’rgatish maqsadida nazariy-amaliy mashg’ulotlar olib borilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/a49b0654bc59e8861c83f.jpg)
Mana shunday yoshlardan 12 nafari o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olishga muyassar bo’ldilar. Ushbu sertifikatlar tuman hokimininig moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i A. Yunusov ishtirokida topshirildi.
Ayni vaqtda "Yoshlar dafatari"dagi 22 nafar va "Ayollar daftari"ga kiritilgan 9 nafar ayollar o’quv kurslarida o’qib biznes yuritish sirlarini o’rganmoqdalar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.