Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYLOVLAR OKTYABR OYIDA O’TKAZILADIGAN BO’LDI.

×

 2021-02-25 13:21:40    204

PDF yuklash
Chop etish


Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida Qonun qabul qilindi.
(O’RQ-670-son)

Prezidentlikka va deputatlikka saylovlar vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabrning uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi. (Ilgari dekabrda edi)

Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o’tkazish bo’yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.

Chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalarida saylovchilarning ro’yxati muassasa boshliqlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida tuziladi

Tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlardagi fuqarolarni ro’yxat bilan tanishish usuli, joyi va vaqti to’g’risida xabardor qiladi

Chet eldagi fuqarolar o’zlarini ro’yxatga kiritish to’g’risida saylovdan 15 kun oldin yozma diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzuridagi uchastka saylov komissiyalariga yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin

O’zbekistonning diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyalari:

fuqarolarning murojaatida ko’rsatilgan shaxsga doir ma'lumotlarni tekshiradi va ro’yxatga kiritish haqidagi masalani hal qiladi;

ro’yxatga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma'lumotlarni Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.

Chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarda ovoz berish saylov kuni mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o’tkaziladi

Tashqi ishlar vazirligi ro’yxatdagi fuqarolar haqidagi ma'lumotlarni Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro’yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi

 

Asos: O’RQ–670-son Qonun, 08.02.2021 y.


Ziyodbek Halimjonov,

Qo’shtepa tuman adliya bo’limi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram