Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAR BIR MUAMMOGA DIQQAT E'TIBOR QARATILDI
2021-02-23 13:58:11 170
Bugun Qo’shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi I.Novikovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi.
Unda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning murojaatlarini birma-bir tingladi.
Qabul davomida 80 dan ziyod fuqarolarning murojaati ko’rib chiqildi. Ular tuman hokimiga uy-joy, moddiy yordam, bandlik, tibbiyot shuningdek kadastr bilan bog’liq muammolarni hal etish va boshqa ko’plab masalalarda murojaat qildilar.
Albatta har bir muammo o’z yechimini kutadi. Hal bo’lgan masala esa o’z navbatida fuqarolarda ertangi kunga umid va ishonch hissini mustahkamlaydi. Muhimi tuman hokimi har bir muammoga bor diqqat e'tiborini qaratib, ularni hal qilish choralarini belgilab bermoqda. YEchimi yo’q muammo bo’lsa ortiqcha ovvoragarchiliklarga uchramasliklari uchun fuqarolarga taklif va munosabatlarini joyning o’zida bildirib o’tmoqda.
Shuningdek, hal etilishi muddat talab etuvchi murojaatlar bo’yicha tegishli mutasaddilarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.