Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2021-02-18 08:46:05    209

PDF yuklash
Chop etish



“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati (O’RQ–666-son, 14.01.2021 y.)

O’RQ-666-son Qonuni bilan 11 ta qonunlar va 3 ta kodekslarga o’zgartirishlar kiritildi.

I. O’RQ-666-son Qonuni bilan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga quyidagi qo’shimchalar kiritildi:

Unga ko’ra,

1) Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo’lgan taqdimnomalarini bajarmagan, shu jumladan o’z vaqtida yoki to’liq bajarmagan mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravarigacha jarima solinishi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik takror sodir etilgan taqdirda mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravarigacha jarima solinishi mumkin.

2) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob'ektlari, xorijdagi davlat mulki ob'ektlari to’g’risidagi ma'lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmagan yoki ma'lumotlarning to’liqligini ta'minlamagan mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravarigacha jarima solinishi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik takror sodir etilgan taqdirda mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravarigacha jarima solinishi mumkin.

3) Davlat xaridlari to’g’risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinishi mumkin.

II. O’RQ-666-son Qonuni bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan o’zgartirishga ko’ra mahalliy Kengashlarning noqonuniy qarorlari Oliy Majlis Senati tomonidan bekor qilinadi (ilgari Oliy Majlisi tomonidan bekor qilingan).

III. O’RQ-666-son Qonuni bilan “O’simliklar karantini to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan o’zgartirishga ko’ra fitosanitariya talablari Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o’tkaziladi va ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qo’yiladi.

Avazjon ERGAShEV,

jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram