Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

3-SEKTOR FAOLIYATIDAN

×

 2021-02-17 17:46:00    270

PDF yuklash
Chop etish


AHOLINI KASB-HUNARGA O’QITISh MASKANI TAShKIL ETILDI

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib aholi bilan ishlashning mahallabay tizimi joriy etildi. Unga ko’ra hokimlik, iqtisodiy kompleks, mutasaddi tashkilotlar rahbar va mas'ul xodimlari ishtirokida har bir mahalla kesimida “Ishchi guruhlar” tashkil etilib, ish bilan band bo’lmagan, ishlash istagida bo’lgan fuqarolarning ro’yxatlari shakllantirildi va toifalarga ajratildi.

Shundan kasbi (mutaxassisligi) mavjud bo’lmagan, mavjud kasbiy ko’nikmalariga mos maqbul ish yo’qligi sababli kasbni (mutaxassislikni) o’zgartirish zarur bo’lgan shaxslar uchun xukumatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan 4804 sonli qarorga asosan tumanimizda Aholini kasb-hunarga o’qitish maskani tashkil etildi. 

Mana shunday Aholini kasb-hunarga o’qitish maskani 3-sektor hududidagi Shahartepa mahalla fuqarolar yig’inida ish boshladi. 2-sonli kasb-hunar maktabida joylashgan maskanda 150 nafar fuqarolarimiz tahsil olmoqdalar. Ularning 90 nafari tikuvchilik, 15 nafari elektro svrashik, 15 nafari payvandlash ishlari, 15 nafari kompyuter savodxonligi, 15 nafari esa qandolatchilik va pazandachilik yo’nalishi bo’yicha kasbga o’qitish o’quv kurslarida ta'lim olmoqdalar.

Tuman Aholi bandlikka ko’maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan maskanda 3-sektor hududidagi ish bilan band bo’lmagan va ishlash istagidagi shaxslar ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatga olinib, ushbu fuqarolarni bandligini ta'minlash bilan bog’liq to’rt tomonlama shartnomalar tuzilgach, o’quv jarayonlari olib borilmoqda.

Aholini kasb-hunarga o’qitish maskanida sektor hududidagi “Ayollar daftariga” kiritilgan xotin-qizlar ham tahsil olmoqdalar. Ular bugun bu dargohda kasb-hunar o’rgansalar, albatta ertaga tikuvchimi, qandolatchimi bo’lib bemalol ish boshlay oladilar. 

Tuman hokimi I.Novikov va 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev va mutasaddi idora rahbarlari bugun tumanimizda tashkil etilgan Aholini kasb-hunarga o’qitish maskanlarida bo’ldilar. O’quv maskanlaridagi jarayonlar va yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishib, kasb-hunar o’rganayotgan yigitlarimiz va opa-singillarimiz bilan suhbatlashdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram