Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HUQUQIY AXBOROT KUNI” O’TKAZILDI
2021-02-14 23:52:18 247
Qiyqi mahalla fuqarolar yig’inida Qo’shtepa tumani mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hamada tuman adliya bo’limi bilan hamkorlikda “Huquqiy axborot kuni” o’tkazildi.
Ushbu tadbirda tumanimizda istiqomat qiluvchi 700 nafardan ziyod fuqarolar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan huquqiy yordam olishga muhtoj ayollar qatnashdilar. Ularga Qo’shtepa tumanidagi huquq-tartibot idoralari xodimlari, jumladan adliya bo’limi, Davlat xizmatlari markazi, FXDYo hamda notarial idorasi mutaxassislari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.
Fuqarolar asosan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish, 2-14 yoshgacha bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish kabi va boshqa bir qator o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat etdilar.
Albatta bunday tadbirlarning o’tkazilishi aholi o’rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.