Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YOSHLAR KICHIK SANOAT ZONASI” TASHKIL ETILMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/1267c044cf7a8da84d0d9.jpg)
2021-02-11 20:57:14 156
![](https://telegra.ph/file/1267c044cf7a8da84d0d9.jpg)
Yoshlar bilan olib borilgan o’rganishlar natijasida Qo’shtepa tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, iqtisodiy qo’llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar, psixologik qo’llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar hamda ishsiz yoshlar kabi 4 toifa bo’yicha “Yoshlar daftari”ga kiritildi.
Bugungi kunda ushbu ro’yxatga kiritilgan yoshlarga tumanimizda katta ahamiyat berilmoqda. Yosh tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Yoshlar kichik sanoat zonasi” tashkil etilmoqda. “Yoshlar kichik sanoat zonasi”da yoshlar o’z loyihalarini amalga oshiradilar.
![](https://telegra.ph/file/458d71037e2916a5c2d86.jpg)
Qo’shtepa tumanida tashkil etilayotgan “Yoshlar kichik sanoat zonasi”da yoshlarga yer ajratib berish ishlari boshlandi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.