Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH BO’YICHA SEMINAR O’TKAZILDI
2021-02-11 15:59:26 223
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Qishloq xo’jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Qo’shtepa tumanidagi "FERGANA GLOBAL TEXTILE" MChJ korxonasining yer maydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo’yicha seminar tashkil etildi.
Unda viloyat hokimining qishlok va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Tursunov, Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligi bo’limi boshliqlari, paxta to’qimachilik hamda g’allachilik klasterlari rahbarlari, qishloq xo’jaligiga daxldor mutasaddilar, viloyatda suv tejovchi texnologiyalarni quruvchi tashkilot rahbarlari qatnashdi.
Butun dunyoda bo’lgani singari serquyosh diyorimizda ham suv muhim ahamiyatga ega. Mavjud suv resurslarining salmoqli qismi qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanishi e'tiborga olinsa, bu beminnat ne'matdan tejab-tergab foydalanish dolzarb masala sanaladi. Shu maqsadda qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilsa, hosildorlik ko’tarilishi bilan birga, suvni tejash imkoniyati ham yuzaga keladi.
Qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish, suvni tejash maqsadida Qo’shtepa tumanidagi "FERGANA GLOBAL TEXTILE" MChJ tomonidan dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri “Netafim” kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomatik tarzda tomchilatib sug’orish texnologiyasi joriy qilinmoqda.
Loyihadagi suv hovuzi 162x42 metr uzunlikda bo’lib, 17000 m³ suv sig’imini o’z ichiga oladi. Hovuzni suv bilan ta'minlash maqsadida 2 ta tik quduq (skvajina) qurib bitkazilgan. Tejamkor usuldagi bu texnologiya bilan 200 gektar ekin maydoni tomchilatib sug’oriladi.
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo’yicha tashkil etilgan seminarda asosiy masala tomchilab sug’orish texnologiyasini keng joriy etish, suvdan unumli foydalanish, yangi texnologiyalarni o’rnatish borasida yig’ilganlarga soha mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.