Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O’ZGARTISH VA QO’SHIMCHALAR KIRITILDI
2021-02-10 14:03:42 163
“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi.
(O’RQ–666-son, 14.01.2021 y.)
Qonun bilan 11 ta qonun va 3 ta kodekslarga o’zgartirishlar kiritildi.
I. Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga quyidagi qo’shimchalar kiritildi:
1. Unga ko’ra, adliya organlarining bajarilishi majburiy bo’lgan taqdimnomalarini bajarmagan, shu jumladan o’z vaqtida yoki to’liq bajarmagan mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravarigacha jarima solinishi mumkin
Ushbu huquqbuzarlik takror sodir etilgan taqdirda mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravarigacha jarima solinishi mumkin
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob'ektlari, xorijdagi davlat mulki ob'ektlari to’g’risidagi ma'lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmagan yoki ma'lumotlarning to’liqligini ta'minlamagan mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravarigacha jarima solinishi mumkin
Ushbu huquqbuzarlik takror sodir etilgan taqdirda mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravarigacha jarima solinishi mumkin
3. Davlat xaridlari to’g’risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinishi mumkin
II. Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan o’zgartirishga ko’ra
Mahalliy Kengashlarning noqonuniy qarorlari Oliy Majlis Senati tomonidan bekor qilinadi. (ilgari Oliy Majlisi tomonidan bekor qilingan).
III. Qonun bilan “O’simliklar karantini to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan o’zgartirishga ko’ra
Fitosanitariya talablari Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o’tkaziladi va ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qo’yiladi.
Manba: O’RQ–666-son, 14.01.2021 y.
“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi

Ziyodbek Halimjonov,
Qo’shtepa tumani adliya bo’limi.