Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKOR QABULI - MUAMMOGA YECHIM TOPISH UCHUN SAMARALI USUL
2021-02-08 14:21:12 222
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida tuman hokimligi tomonidan “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazilib kelinmoqda.
Bugun Bosh vazir qabulxonasi tashabbusi bilan Tadbirkorlar qabulxonasi binosida tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini ko’rib chiqish va muammolarini o’z vaqtida hal etish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo’lib o’tdi.
Qabulda tadbirkorlik sub'yektlari, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagidagi fuqarolar o’z muammolari bilan ishtirok etdilar.
Ushbu qabul davomida 26 nafar tadbirkor ishtirok etib, ularning murojaatlari birma-bir tinglandi.
Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan yo’llangan murojaatlarda ko’tarilgan masalalarning 6 tasiga joyida tushuntirish berilib, 20 tasi tegishli tartibda ro’yxatga olindi hamda vakolatli davlat tashkilotlari va korxonalariga ko’rib chiqilishi uchun yo’naltirildi.
Qo’shtepa tumanidagi Bosh vazir qabulxonasi axboroti.