Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABULDA AHOLINI QIYNAB KELAYOTGAN MUAMMOLAR TAHLIL ETILDI
2021-02-06 20:35:03 209
Yurtimizda aholining turli qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko’rilmoqda.
Bugun G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi I.Novikov rahbarligida o’tkazilgan sayyor qabulda ham aholini qiynab kelayotgan muammolar tahlil etilib, ularni bartaraf etish choralari ko’rildi.
Sayyor qabulda 13 nafar fuqarolar 15 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflarning 1 tasiga asosli tushuntirish berildi. Qolgan 14 ta murojaatni o’rganib, natijalarini ma'lum qilish uchun mas'ul korxona va tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.