Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 567 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTAT O’QUVCHILARGA KITOBLAR SOVG’A QILDI

×

 2021-01-27 14:20:51    169

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar qilganimizdek, viloyatimizdagi tuman va shaharlarda bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanidagi ta'lim muassasalarida ham arzonlashtirilgan narxlarda kitob savdo yarmarkalari tashkil etilib, “Oilamiz bilan kitob o’qiymiz” aksiyasi bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda ota-onalar, mahalla faollari, uyushmgan yoshlar, maktab pedagog xodimlari hamda o’quvchi yoshlar bilan birga deputatlar ham faol ishtirok etdilar.

Aksiya doirasida 48-umumiy o’rta ta'lim maktabida tashkil etilgan tadbirda, 26-Yangiariq saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat Doniyorjon Muradov ham ishtirok etdi.

Deputat maktabning 2-“A” va 2-“B” sinfida ta'lim olayotgan bolajonlarga 53 dona badiiy kitob sovg’a qildi.

Doniyorjon Muradov bolajonlar bilan bo’lgan uchrashuvda kitob shaxsni ma'naviy yuksalishida beminnat ko’makchi, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashda yengilmas kuch ekanini aytib, ularni ko’proq kitob mutolaa qilishga chaqirdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.